Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasida xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha bitim tasdiqlandi
O‘zbekiston prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Foto: uzreportnews
2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ belgilanganligi to‘g‘risida Saudiya Arabistoni tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 14,8 mlrd dollarga teng 15 ta hujjat imzolangan.
Bular: bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim; Energetika vazirliklari o‘rtasida energetika sohasida hamkorlik bitimi; fan va texnologiya, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari, qurilish, veterinariya va chorvachilik, axborot, farmatsevtika va diniy sohalardagi memorandumlar; Islom taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026