Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan Ostona va Olmaotaga qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 2 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev hamda Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi Talgat Lastayev rahbarligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, kelishilgan yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishdi:
Ostona – Toshkent – Ostona hamda Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish;
O‘zbekiston aviakompaniyalari muntazam yo‘lovchi qatnovlari uchun Qozog‘iston hududida qo‘shimcha 5 ta shahar (Qarag‘anda, Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Kokeshtau, Taraz) belgilash;
Qozog‘iston aviakompaniyalari muntazam yo‘lovchi qatnovlari uchun O‘zbekiston hududida qo‘shimcha 6 ta shahar (Qarshi, Farg‘ona, Buxora, Andijon, Navoiy, Termiz) belgilash.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026