Chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘tgan yilda chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova ma’lum qildi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan, bolalarni qaytarishda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik qilinmoqda. 2022 yil davomida Rossiyadan jami 37 nafar voyaga yetmaganlar, Qozog‘istondan 4 nafar voyaga yetmaganlar, Turkiyadan 2 nafar voyaga yetmaganlar - jami 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi.
2022 yil mobaynida Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslar, bolalar hamda ular qonuniy vakillari tomonidan jami 696 ta murojaat qabul qilingan.
Shulardan 64 ta murojaat qanoatlantirilgan, 310 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.
2021/2022 yillarda jami ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan 21 ta bolalar muassasasi faoliyati tugatilgan.
Respublika bo‘yicha jami 139 ta oilaviy bolalar uyi tashkil etilgan bo‘lib, ularda 822 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
09:40 / 18.10.2024
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
07:40 / 16.10.2024