Jamaşuydagi baxtsiz hodisa

Mingbuloq tumani Mehnatobod mahallasida yaşovçi 4 yoşli Jamşidbek Xolmatov oçiq qoldirilgan yuqori kuçlanişli transformator punktiga kirib qolişi oqibatida tok urib, qöllaridan ayrildi. Holat 2025 yil 11 noyabr kuni Jamaşuy şaharçasida sodir bölgan.

videodan kadr

“Aybdorlar yordam bermadi”

Kun.uz muxbiri bolaning otasi Jumanazar Xolmatov bilan boğlandi. Uning aytişiça, aybdorlar unga yordam bermagan.

“2022 yilda tuğilgan öğlim eşigi oçiq qoldirilgan yuqori kuçlanişli TPga bilmay kirib qolib, tokni uşlab olgan.

Bolamni u yerdan kötarib olib çiqib, qişloqdagi kasalxonaga olib bordim. Undan keyin şahardagi şifoxonalarga qaratdik. Qölini köramiz, mutaxassislarni çaqiramiz, deyişdi. Yana 4-5 kun kutdik. Operatsiya qilib kördik, yuqori kuçlaniş tok payigaça uzib taşlagan ekan. Keyin noiloj öğlim ikki qölidan ayrildi.

Aybdorlar qonuniy jazoga tortilişini talab qilaman. Yordam bermagani uçun bor holatni ijtimoiy tarmoqlarga çiqarişga majbur böldim”, deydi Jumanazar Xolmatov.

“Barça yordamni körsatdik”

Kun.uz holat yuzasidan Mingbuloq tumani elektr ta’minoti korxonasi boşliği Bobur Ğulomqodirov bilan ham boğlandi. Uning ta’kidlaşiça, bola hojatxona izlab TP içiga kirgan:

“Maşina içida otasi bilan ötirgan bolaning hojatga çiqqisi kelib qolgan. Hojatxona topa olmay, eşigi oçiq qoldirilgan TP eşigini oçib, içiga kirganida uni tok urgan. Bu paytda bolaning otasi maşinada bölgan.

Odatda yuqori kuçlanişli transformatorlarning barçasida qulflari böladi. Lekin ba’zida svet öçib qoladi, boşqa böladi. Ularga bir martalik, bir xil tipdagi qulflar qöyiladi. Öşa qulflarni kimlardir özboşimçalik bilan oçib, oçiq holatda taşlab ketgan bölgan.

Bolaning dorisiga, rözğoriga yordam qildik. Hozirgi kungaça tuman elektr tarmoqlari korxonasining özidan 60 mln söm yordam qilindi. Hokimiyat ham 50 mln söm yordam qildi