Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat Qoraqalpog‘iston va Xorazm maktablaridagi bepul ovqat berish tizimini o‘rgandi
Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yetkazib berilgan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olgan maktab direktorlari jarimaga tortilgan. Xorazm viloyatida esa mahsulotlar sifatini nazorat qilish jurnali yuritilmay kelinayotgani, qadog‘ida ishlab chiqarish muddati ko‘rsatilmagan mahsulotlar qabul qilib olingani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Senat.uz
Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududidagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish tizimi o‘rganildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 716 ta maktabning 143 688 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga keytering tizimida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bepul nonushta berilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy, Kegeyli, To‘rtko‘l hamda Qo‘ng‘irot tumanlaridagi 10 ga yaqin maktablardagi holat yaqindan o‘rganilgan. Oziq-ovqatlar yetkazib berilishi jarayonida ayrim befarqliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangan.

“Chimboy va Kegeyli tumanlariga mahsulotlar keytering tashkiloti tomonidan yo‘lovchi tashuvchi “Damas” avtomashinalarida yetkazib berilayotganligi holatlari ko‘zga tashlandi. Kegeyli tumanidagi ayrim maktablarda mahsulotlarni qabul qilib olish jarayonida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yilgani tasdiqlandi. Mazkur maktab direktorlari sifatsiz mahsulotlarni qabul qilib olgani uchun sanitariya va epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan jarimaga tortilgan”, — deyiladi Senat xabarida.

Xorazm viloyatida 525 ta maktabda 137 030 nafar o‘quvchiga bepul ovqat berilmoqda. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga 2022 yilda budjet mablag‘lari hisobidan ovqatlantirish harajatlari uchun 47 mlrd 869 mln so‘m ajratilgan. O‘rganishlar davomida Xorazm viloyatida ham kamchiliklar ko‘zga tashlangan.

Jumladan, yetkazib berilgan mahsulotlarning tarkibi va sifati ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida tuzilgan maxsus komissiya vazifalari belgilab berilmagan, mahsulotlar sifatini nazorat qilish jurnali yuritilmagan, qadog‘ida ishlab chiqarish muddati ko‘rsatilmagan mahsulotlar qabul qilingan.
Senatorlar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ishni tizimli davom ettirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan hamda maktab direktorlari va tadbirkorlar ishtirokida seminarlar o‘tkazilgan.

Oldinroq Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida o‘quvchilarga chirigan olma hamda sifatsiz mahsulotlar berilayotgani aniqlangandi. Shundan so‘ng Kun.uz ushbu sifatsiz mahsulotlarni bolalarga yedirgan “Tabassum Nukus” MChJ Qoraqalpog‘istondagi qariyb 350 ta maktabga nonushta tarqatishiga e’tibor qaratgandi.Mazkur firma o‘tkazilgan tenderlarda jami 64 lotdan 25 tasini yutgan hamda milliardlab so‘mlik shartnomalarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan tanlovlarda 12 ta lot bo‘yicha g‘olib deb topilib, 100 dan ortiq maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nonushta yetkazib berayotgan “Alliance Aral-S” MChJning faoliyat turi aslida turar joy binolari qurish ekani ma’lum bo‘lgandi.
2022 yilning dekabr oyida To‘rtko‘l va Beruniy tumanlarida ham bolalarga sifatsiz yeguliklar berilgan va bu ota-onalarning noroziligiga sabab bo‘lgan. E’tiborlisi, mazkur holatda keytering xizmati asosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi korxona rahbari ota-onalarga kamchilikni bartaraf etishini aytib, uzr so‘rash bilan qutulib qolgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

14:58 / 17.07.2025
Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar kaltaklandi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025