Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 avgustdagi tegişli qarori bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylaşgan umumiy örta ta’lim maktablarida boşlanğiç sinf öquvçilarini bepul ovqat bilan ta’minlaş tizimi joriy etilgandi.
Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi raisi topşiriğiga köra Kegeyli tumanidagi maktablarda Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori talablari örganilgan. Bu haqda Jöqorği Kengesi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Kegeyli tumanidagi 1-, 8-, 19- hamda 55-sonli maktablarda ötkazilgan örganiş işlari davomida qator kamçiliklar aniqlangan. Xususan, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kamligi, issiq çoy bilan ta’minlaş uskunalari töliq örnatilmagani kuzatilgan.

Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati talab darajasida emasligi, öquvçilarga çirigan holatdagi mevalar berilayotgani ma’lum bölgan. Ta’kidlanişiça, mazkur oziq-ovqat mahsulotlari maxsus transportlarda emas, yölovçi taşuvçi maşinalar orqali yetkazib berilgan. Ayrim maktablarda esa kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekşirib oluvçi komissiya tuzilmagan.
“Öquvçilarni ovqatlantiriş talablariga rioya qilinayotganlik holati böyiça respublikadagi barça maktablarda örganiş işlari olib boriladi. Bu borada mas’uliyatsiz bölgan maktab direktorlariga qat’iy jazo çoralari köriladi”, — deyiladi Jöqorği Kenges xabarida.
Qoraqalpoğiston va Xorazmdagi öquvçilarni ovqatlantiriş tartibi belgilandi

















