Prezident Mirziyoyev mamlakat parlamenti va xalqiga yöllagan murojaatida kelgusi öquv yilidan boşlab 11 ta viloyat va Toşkent şahri maktablarida ham öquvçilarni bepul ovqatlantiriş amaliyoti joriy etilişini ta’kidladi. Buning uçun budjetdan 2,3 trillion söm ajratiladi. Jamoatçilik faollari öquvçilarga bepul ovqat berilişi qator muammolarga sabab bölişi haqidagi xavotirlarini bildirişmoqda.

Qoraqalpoğiston va Xorazmdagi maktablarning boşlanğiç sinf öquvçilariga yengil tamaddi körinişidagi bir martalik ovqat yetkazib berilmoqda. Foto: XTV axborot xizmati

“Bu tahsinga loyiq taşabbus. Lekin buning ustidan davlat yoki jamoatçilik tomonidan qat’iy nazorat örnatilişi kerak. Öquvçilarni bepul ovqatlantiriş uçun ajratilayotgan mablağ juda katta. Özbekistondagi 10 mingdan ziyod maktabda 2,3 trln sömga heç bir muammosiz bepul ovqatlantiriş tizimini yölga qöyiş mumkin.

Biroq bugungi kunda hamma sohada kuzatilayotgan yulğiçliklardan kelib çiqib bu sohadayam öquvçilarni bepul ovqatlantiriş uçun ajratilayotgan pullar ham özlaştirilişi mumkinligidan xavotirdaman. Maktabda öquvçilarga ovqat bepul berilgani bilan uni qaysidir autsorsing yoki keytering firmasi tekinga yetkazib bermaydi. Buning uçun davlat budjetdan pulini tölab beradi. Ajratilayotgan kattagina mablağ kimlarningdir iştahasini oçib yuborişi, agar qat’iy nazorat yölga qöyilmasa, bundan qaysidir amaldorlarning çöntak-korxonalarigina foyda körişi mumkin deb öylayman”, deydi bloger Farrux Töramurodov

Uning ta’kidlaşiça, maktablarda bepul ovqatlantirişni yölga qöyiş – oşiğiç hal qilinadigan masala emas. Jamoat faoli öquvçilar ratsioni diyetolog va boşqa mutaxassislar bilan bamaslahat şakllantirilişi, bunda bolaning salomatligiga alohida e’tibor qaratiş kerakligini urğulaydi.

“Bu taşabbus ustida diyetologlar işlaşi kerak. Çunki öquvçilar orasida har xil bolalar bor. Ba’zilar sut va sut mahsulotlarini kötara olmaydi. Kimdir tuxum yeya olmaydi, kimningdir qaysidir mahsulotlarga allergiyasi bölişi mumkin. Bularning hammasini hisobga olgan holda ratsion işlab çiqilişi kerak.

Bir kunda bitta öquvçi dars vaqtida qança kilokaloriya energiyaga muhtojligi aniqlanişi lozim. Mana şu masalalar hal etilganidan sönggina maktablarda bepul ovqatlaniş yölga qöyilişi zarur. Agar ovqat autsorsing xizmati orqali olib kelib maktablarga tarqatiladigan bölsa, ularni tayyorlaş jarayoni ustidan ham muntazam va qat’iy nazorat örnatilişi lozim deb hisoblayman. Bu narsalar amalga oşirilmaydigan bölsa, ertaga maktablarda ommaviy zaharlaniş kuzatilişi ehtimoli bor.