Turkiya va Suriyadagi zilzilalar dunyoni larzaga soldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi kadrlar yuraklarni titratdi. Minglab odamlar vafoti, ön minglab jabrlanganlar, bedarak yöqolganlar, butun boşli oilalarning qurbon bölişi – barçasining asosiy aybdori – inson.
80 milliard dollarga yaqin iqtisodiy yöqotişlar ham aynan inson omili tufayli yuz bergani ayon bölib ulgurdi.
Korrupsiya va yolğon urçigan quriliş sohasining ayançli kartinasi köz öngimizda bor böyi bilan gavdalandi.
Turkiya bu ofat oqibatlaridan töğri xulosa çiqaradimi, yöqmi, buni vaqt körsatadi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etiş va kelgusida bunga yöl qöymaslik uçun ulkan harakatlar boşlangan va davom etyapti.
Ratsional davlatlar boşqalar xatosi va kamçiliklaridan xulosa çiqaradi va öz hududida takrorlanmasligi uçun harakat qiladi. Saboq oliş – hozirda eng muhimi. Bu saboq eng avvalo zilzila sodir bölişi ehtimoli bor mamlakatlarda çiqarilişi lozim. Jumladan, Özbekistonda!
1966 yilda yurtimiz poytaxtida sodir bölgan zilzila köplab insonlar hayotiga zomin bölgan, yana qançasini şikastlab, boşpanasiz qoldirgan edi. Öşandan beri katta zilzilalarni körmagan Özbekiston xalqi qardoş xalqlar musibatiga şerik böldi, birodarlarini qöllab-quvvatlamoqda.
Xöş, Özbekiston hukumati bundan qanday xulosa çiqariş kerak? Quriliş sohasida bizni qanday özgarişlar kutyapti? Mamlakat tabiiy ofatlarga tayyormi? Binolar qay taxlit qurilişi lozim? Quriliş me’yorlari zamon talablariga javob beradimi? Şaharlarimiz qurilişida nimalarga e’tibor berişimiz kerak?
#Boricha podkastining yangi sonida ana şu savollarga javob izlab kördik. Arxitektor va urbanist Iskandar Soliyev va Gidrometeorologiya sohasi mutaxassisi Erkin Abdulahatov öz fikrlari va maslahatlari bilan savollarga javob berişga harakat qildilar.
Suhbatni Bobur Akmalov olib bordi.
Tasvirçi – Muhiddin Nido.













