Noyabr oyining qolgan qismida ob-havo qanday böladi? Dehqonlar intiqib kutayotgan yomğirlar yoğadimi? Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Afsuski noyabrning ikkinçi yarmi ham respublika hududlarida favqulodda quruq ötişi tobora oydinlaşmoqda. Vaziyat jiddiy: oyning 15-30 sanalarida respublikaning qişloq xöjaligi yer maydonlarida deyarli bir tomçi ham yoğingarçilik kuzatilmasligi mumkin.

Joriy hafta joylarda issiq harorat saqlanadi. Holat oktyabrning ikkinçi yarmidagi ob-havoni eslatadi. Hafta haroratini Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati uçun ğayritabiiy issiq desa böladi.