Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligi reytingini e’lon qildi.

Baholaş natijalariga köra, 62ta davlat taşkilotining korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligi 0 balldan 100 ballgaça reytingda baholanib, 12ta taşkilot faoliyati samaradorligi “yaxşi” – (81-100 ball), 30 ta taşkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 20ta taşkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.

“Tahlil natijalari davlat taşkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida bir qator kamçiliklar mavjudligini körsatdi. Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xöjaligi vazirligi (13 ball), Andijon viloyat hokimligi (18 ball) va Energetika vazirligida (21 ball) korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi samarali joriy etilmagan”, - deyiladi Aksilkorrupsiya agentligi xabarida.

Baholaş natijalariga köra, “qoniqarli” deb topilgan davlat taşkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça belgilangan çoralar amalga oşirilgan bölsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qaraş, şu jumladan, belgilangan tadbirlar ijrosini nazorat qiliş sohasida kamçiliklar mavjudligi kuzatilgan. Şu bilan birga, uşbu idoralarda korrupsiyaga qarşi belgilangan talablarning doimiy ravişda bajarilişini nazorat qiliş böyiça samarali tizim yaratilmagan.

12ta davlat taşkilotining korrupsiyaga qarşi kuraşiş faoliyati samaradorligi “yaxşi” deb baholandi. Mazkur taşkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça belgilangan çoralar tizimli ravişda amalga oşirilgan.

Baholaş yakunlari böyiça:

  • “yaxşi” deb baholangan davlat taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi ijobiy tajribasi ommalaştiriladi;
  • “qoniqarli” deb baholangan davlat taşkilotlariga ularning korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça tavsiyalar kiritiladi;
  • “qoniqarsiz” deb baholangan davlat taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşişda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va ularning uşbu yönalişdagi faoliyatini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi va ijrosini ta’minlaş yuzasidan tegişli rahbarlarning hisobotlari har çorakda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişlarida eşitib boriladi.