— Pedofillardan bolalarni himoya qiliş borasida gap ketganda, köproq mas’uliyat ota-onalarga tuşadi. Bu borada oilada qanday tarbiya usullaridan foydalaniş kerak?
Muazzam Ibragimova: — Şunday pedofillar borki, ular bolaning muhitidagi, ya’ni har kuni körib, gaplaşib yurgan odamlar böladi. Bunday insonlardan himoya qiliş qiyinroq. Amaliyotda şunday holatlarga guvoh böldimki, pedofilni bolaning özi himoya qilib çiqqan. Qilayotgan işi töğriligini şu darajada uqtirganki, u jinoyatçini himoya qiladi. Ota-onalar şuning uçun ham e’tiborli va diqqatli bölişi kerak. Ayniqsa, bola muhitiga begona bölgan pedofillardan köra içki muhitdagilari köproq xavfli.
Öğil bolani jinsga qarab, oiladagi qizlardan ustun körsatiş — bizdagi eng katta xatolardan. Çunki öğil bola menga mumkin ekan, deb biladi, buning oqibatida kelib çiqqan zöravonliklar haqida eşitdim ham, guvoh ham böldim.

Ota-ona bolasi kimlar bilan muloqotda bölayotganini bilişi kerak. Bir holatda ota-ona bolasining bir erkak bilan 2,5 oylik yozişmalarini körib qolgaç, bolani urgan, u esa uydan çiqib ketgan. Şunçaki nazorat emas, döst-qadrdon kabi mehr bilan nazorat qiliş kerak. Bolani qörqitmasdan örgatiş kerak, unda fobiya paydo qilib qöymaslik zarur. Kiçik yoşda ertaklar, keyinroq hikoyalar bilan, özaro muloqotlar bilan, qörqitmasdan köçada xavf bor ekanini tuşuntiriş lozim.
Köp özbek oilalarida erkak kişi yeçinib yuradi öz uyimdaman deb. Buni körgan bola mumkin ekan, uyatmas ekan, degan fikrga keladi. Natijada yomon niyatdagi odamning yeçinişini ham bola töğri qabul qiladi, undan xavfsiramaydi. Ota-onalar uyda şarm-hayoni saqlab, kiyiniş madaniyatiga ham e’tibor berişi kerak.
Ba’zi oilalarda ota-ona çet davlatda böladi, bolalar esa yaqinlari qölida qoladi. Bu ham notöğri. Özim guvoh bölgan bir neçta holatlar ayni öşa yaqinlari tomonidan sodir etilgan. Bunday bolalar kelajakda me’yoriy holatda yaşab ketolmaydi, ular ham kimnidir xörlaydi, albatta.
Rozaliya Gabdulhakova: — Bolalar hali nima töğri-notöğri ekanini bilmaydi. Masalan, «içki kiyim» qoidasi, ya’ni har bir bola içki kiyimi yaşirib turgan joylari faqat öziga tegişli ekanini örganişi kerak.













