Oilalarda tinçlikni, muvozanatni saqlaş faqat muhabbat yoki iqtisodiy barqarorlikka boğliq emas. Köpinça munosabatlardagi muvozanat — erkak va ayolning muayyan yoş bosqiçlaridagi psixologik holatini töğri anglaşga boğliq böladi. Ilmiy tadqiqotlar şundan dalolat beradiki, inson hayotida bir neça ruhiy “buriliş nuqtalari” mavjud va aynan şu paytlarda e’tibor, muloqot va munosabat şaklini özgartiriş talab etiladi.

25–30 yoş: ayol uçun “özini topiş”, erkak uçun “mas’uliyat bosimi” hisoblanadi. Bu yoşda köp ayollar hayotdagi öz yölini belgilaşga, kim ekanini anglaşga harakat qiladi. Ayrimlari iş bilan, ayrimlari oila va farzand tarbiyasi bilan band böladi. Şu bosqiçda içki ziddiyatlar — “men kimman?”, “özim istaganday hayotda yaşayapmanmi?” kabi savollar köpayişi tabiiy hol.

Erkaklar esa aynan şu davrda oila boşliği sifatida moliyaviy va ijtimoiy bosimni his qiladi. Ularda “men yetarliça ta’minlay olyapmanmi?” degan xavotir kuçayadi.

Psixologlar bu davrni “bir-birini eşitiş va tan oliş bosqiçi” deb ataydi. Ayollar uçun “sening fikring men uçun muhim” degan ibora, erkaklar uçun “men senga işonaman” degani katta emotsional tayanç böladi.

Undan keyingi bosqiç esa 33–38 yoş: çarçoq va qayta baholaş davri bölib keladi. Köpçilik ayollar uçun bu yoş ruhiy çarçoq davri. Bolalar, uy, iş, jamiyatdagi “qanday ona böliş kerak?” degan bosim ularni hissiy tomondan çarçatib qöyadi. Bu holat köpinça depressiya emas — balki içki qayta baholaşning boşlanişi. Psixologlar bu paytda ayolga dam beriş, qöllab-quvvatlaş, uning şaxsiy vaqtiga hurmat bilan qaraşni tavsiya qiladi.

Erkaklar ham bu yoşda ma’lum darajada sukutga beriladi. Bu ham çarçoq signali bölişi mumkin. “Senga işonaman”, “soğligingni asra”, “dam ol” degan oddiy sözlar munosabatdagi taranglikni kamaytiradi.

40–45 yoşga kelib qayta quriliş va özini qayta kaşf etiş davri boşlanadi. Gormonal özgarişlar, farzandlarning katta bölişi va “hayot tez ötdi” degan his ayolda ham, erkakda ham paydo böladi. Bu bosqiçni psixologlar “örta yoş inqirozi” deb ataydi. Ayollar öz qadrini qayta baholaydi, yangi qiziqişlar paydo böladi. Erkaklar esa “men kimman?” degan içki savolni berişni boşlaydi. Kimdir işini almaştiradi, kimdir yangi munosabat qidiradi — buning zamirida “qayta qadrlaniş istagi” yotadi. Bu yoşda tanqid örniga tinç muloqot, birgalikdagi maqsadlar va yangi qiziqişlar — munosabatni saqlab qolişning asosiy vositasidir.

50 yoşdan keyin ayollar ham, erkaklar ham hurmat va qadrni istab qolişadi. Erkaklar bu yoşda hayotni baholaydi, sokinlikni xohlaydi. Ayollar esa köp hollarda faol bölib, jamiyatda öz örnini mustahkamlaydi. Şu bois bu yoşdagi munosabatlar tenglik va özaro hurmat asosida qurilişi kerak. “Hayotdagi eng muhim inson sensan” deya tan olingan ibora yoki kiçik e’tibor — orada paydo bölgan sovuqlikni yengib ötişi mumkin.