Rahmatulloh domla Sayfuddinov «Minor» masjidiga imom-xatib etib tayinlandi
U 2023 yil yanvar oyi boshida Toshkent shahar bosh imom-xatibligi bilan birga «Minor» masjidi imom-xatibligidan ham ketgandi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/GYH1_bO6o-hvUDGppj-WiHUjp73mPZZz.jpg)
Foto: Kun.uz
Sayyid Rahmatulloh Termiziy nomi bilan tanilgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov 15 mart kuni Toshkent shahridagi «Minor» masjidi imom-xatibi etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Rahmatulloh domla Sayfuddinov oldin ham «Minor» masjidiga imom-xatiblik qilgan. 2021 yilning oktyabr oyida Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangan domlaga «Minor» masjidi imom-xatibligi ham yuklatilgan edi.
2023 yilning yanvar oyi boshida Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/4X8AH5G8ER96rrPDrdvNxc2c8-12zdwF_medium.jpg)
15:26 / 23.02.2023
Toshkentdagi masjid tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/ybo6V67h0hJV7ESZUhzh_e7Qsm83HO6p_medium.jpg)
20:19 / 16.02.2022
Diniy qo‘mita diniy masalalarga munosabat bildirishda demokratik tamoyillarni yodda tutishni so‘radi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/7/5eSoSE4YFKgmSxqzgJWWX0qN_Qbr2Wum_medium.jpg)
11:11 / 22.10.2021
Toshkentdagi «Minor» va «Bodomzor» masjidlariga yangi imom-xatib tayinlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/4/T4yqMKb6ZZ6izYq0Axu6HSaRe9l83gkJ_medium.jpg)
15:12 / 13.11.2019