Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilişiça, Uçtepa tumani «Said Vaqqos ota» jome masjidi imom-xatibi Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga ötkazildi.

Uşbu masjidga 2019 yil yanvaridan buyon Toşkent şahrining sobiq boş imom xatibi Rahimberdi domla Rahmonov imomlik qilib kelayotgandi.

Rahimberdi domla Rahmonov 2019 yilning avgustida Toşkent şahri boş imomi lavozimidan ozod etildi, lekin «Minor» jome masjidiga imomlik qilişda davom etayotgandi.
Endilikda Özbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi jome masjidlarda köp yillar xizmat qilgan Rahimberdi domla Rahmonov Toşkent şahri Şayxontohur tumani «Kamolon» dahasidagi «Xöja Alambardor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi. U 2014-2018 yillarda ham uşbu masjidda işlagan.
«Xöja Alambardor» masjidiga 2019 yil fevralida Odilxon qori Yunusxon öğli imom-xatib etib tayinlangan, 2019 yilning sentyabrida esa soğligidagi muammolar tufayli öz xohişiga köra lavozimidan ozod etilgandi.











