21 fevral kuni Toşkent şahridagi Minor jome masjidi tahoratxonasida öğrilik sodir etildi. Noma’lum şaxs tahorat olayotgan fuqarolardan birining kurtkasi çöntagidan hamyonini olib ketgan. Uşbu holat esa kuzatuv kamerasiga tuşib qolgan.

“Peşin namozini öqiş uçun masjidga bordim. Tahoratxonada kurtkamni yeçib qöyib, tahorat olayotgandim. Şu jarayonda çöntagimdan hamyonimni öğirlab ketişibdi. Kuzatuv kameralarida bir fuqaro göyoki özining kurtkasini olgan bölib, öğrilik qilgani tuşib qolgan.

Hamyonimda unça köp pul bölmagan. Ammo hujjatlarim, jumladan, haydovçilik guvohnomam bor edi. Odamlar hatto masjidda ham ogoh bölişlari kerakligini tuşundim”, — deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaro.

Jabrlanuvçi darhol holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan.