Fevral oyida avtomobil bozorida faollik pasaydi
Fevral oyi avtomobil bozorida faollikning pasayishi bilan ajralib turdi, ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalari soni bir oy ichida 2,5 foizga kamaydi.
Fevral oyi avtomobil bozorida faollikning pasayishi bilan ajralib turdi, ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalari soni bir oy ichida 2,5 foizga kamaydi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, yengil avtomobillarning birlamchi bozori 6,4 foizga pasaygan holda sezilarli kamayishni namoyon etgan bo‘lsa, yengil elektromobillar savdosi 73 foiz bilan rekord darajada o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlanishicha, fevral oyida avtomobil bozorida faollikning pasayishi qayd etildi. Bir oy davomida sotilgan avtotransport vositalari soni 123,4 mingtani tashkil etib, joriy yilning yanvar oyiga nisbatan 2,5 foiz va o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 3,8 foizga kamaydi.
Fevral oyida sotilgan yengil avtomobillarning umumiy soni bir oy davomida 1,8 foizga kamaygan holda 116 mingtani tashkil etdi. Savdo hajmining sezilarli pasayishi Samarqand – 18 foiz, Namangan – 15 foiz va Farg‘ona – 14 foiz viloyatlarida kuzatildi.
Fevral oyida birlamchi yengil avtomobillar bozorida sotuvlar sezilarli darajada pasaydi. Shu tariqa, bir oy davomida ro‘yxatga olingan yengil avtomobillar soni 6,4 foizga kamaydi. 2022 yil fevral oyiga nisbatan birlamchi bozordagi pasayish 4 foizni tashkil etdi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida sezilarli pasayish qayd etildi, masalan, bir oy davomida sotuvlar 6,5 foizga pasaydi. Fevral oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,8 foizga kamaygan holda 2,4 ming dona avtomobilni tashkil etdi. Biroq, o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 65 foiz sezilarli o‘sish kuzatildi.
Bir oy davomida ikkilamchi bozorda 92 ming dona yengil avtomobillar sotildi, bu bir oy oldingiga nisbatan 0,5 foizga kamdir. O‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 0,5 foizga o‘sish kuzatildi.
Fevral oyida yengil elektromobillar sotuvi 746 donani tashkil etdi, bu yanvar oyiga nisbatan 73 foizga ko‘proq. Eng ko‘p elektromobillar Toshkent shahrida – 549 dona, Toshkent - 70 dona va Farg‘ona viloyatlari - 27 dona sotilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektromobillar savdosi 99 foizga oshdi.
Agar bir oy davomida birlamchi bozorda elektromobillar sotuvi yanvar oyi holatiga ko‘ra 2,3 baravar o‘sib, 617 donani tashkil etgan bo‘lsa, ikkilamchi bozorda sotuvlar 22 foizga kamayib, 129 donaga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
17:13 / 01.11.2024