20 mart, payşanba kuni Özbekiston böyiça quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +25…+27 darajagaça, ba’zi joylarda +30 darajagaça kötariladi, deya xabar berdi Özgidromet.
21 mart kuni respublika hududining katta qismida Navröz bayrami qulay ob-havo şaroitida ötadi, faqat respublika şimolida ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Kunduzgi havo harorati +27…+30 daraja atrofida böladi.
Şanba va yakşanba kunlari respublikaning ğarbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelişi boşlanadi. 22–23 mart kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Ayrim toğli hududlarda ba’zi joylarda yomğir yoğadi, baland toğlarda qorga aylanadi.
Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Uşbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va +22…+27 darajani taşkil etadi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi.
Toşkent şahrida 20–23 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 21 va 23 martda 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
Harorat asosan keçalari +12…+14 daraja, kunduz kunlari +26…+28 daraja böladi.












