Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ham «Konstitutsiya o‘zimizniki» targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2,5 ming nafar faol yoshlar qatnashgan tadbirda respublikada taniqli bo‘lgan shaxslar ishtirok etib, farg‘onaliklarni referendumda faol bo‘lishga chaqirdi.
Farg‘ona davlat universiteti binosida «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri va konsert-shou dasturi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda Farg‘ona viloyatidagi chet tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori Eleonora Dadajonova, «Murad Buildings» brendi asoschisi Murod Nazarov, O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Otabek Muhammadzohid va 2,5 mingdan ziyod viloyatning iqtidorli va faol yoshlari ishtirok etdi.


















Oldinroq shunday tadbir Andijon viloyatida ham o‘tkazilgandi. Unda Ozodbek Nazarbekov, Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov, “Andijon muzqaymoqlari” brendi egasi, tadbirkor Hikmat Madrahimov hamda boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni O‘tkirbek Haydarov ishtirok etgandi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026