Fevral oyida uy-joy ijarasi narxi pasaydi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi savdo hajmining 24 foizga o‘sishini qayd etdi. Ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar bir oy ichida 4,5 foizga, poytaxtda esa 3,8 foizga oshdi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/_LOYuLGQrfi4Yt03IXc3HUVzQqodNmm1.jpg)
Foto: Shutterstock
Shu bilan birga, fevral oyi ijara narxining pasayishi bilan ajralib turdi, masalan, Toshkentda uy-joyni ijaraga olish 2,3 foizga arzonlashdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, ketma-ket ikkinchi oy davomida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni ortib bormoqda: agar yanvar oyida 18 ming bitim qayd etilgan bo‘lsa, fevral oyida ularning soni 22,5 mingtaga yetdi va 24 foizga o‘sdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy – 63 foiz, Samarqand – 52 foiz va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi - 30 foiz. 2022 yil fevral oyiga nisbatan uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 2,6 foizga oshdi.
Fevral oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi. Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kvadrat metr uchun 9,86 dollarni tashkil etib, 2023 yil yanvar oyiga nisbatan 2,3 foizga pasaydi.
Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur (13,3 dollar), Yakkasaroy (12 dollar) va Mirobod (12 dollar) tumanlarida qayd etildi. Ijaraning nisbatan past narxlari poytaxtning Uchtepa (7,7 dollar), Sergeli (6,8 dollar) va Bektemir (6,6 dollar) tumanlarida qayd etildi.
Shu bilan birga, 2022 yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 19,9 foizga oshdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kvadrat metr uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil fevral oyiga nisbatan 23,1 foizga o‘sdi.
Yil boshidan buyon Navoiy – 32,7 foiz, Farg‘ona viloyatlarida – 31,5 foiz va Toshkent shahrida uy-joy narxining sezilarli o‘sishi kuzatildi - 31,5 foiz.
Fevral oyida Toshkent shahrining ikkilamchi bozorida narxlarning o‘sishi oyiga 3,8 foizni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Chilonzor – 9,6 foiz, Sergeli – 6,2 foiz va Olmazor tumanlarida qayd etildi - 4,9 foiz.
2022 yil fevral oyiga nisbatan Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,5 foizga oshdi
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/S8NxOzGJ2H7ss3NmNp2FNb7zOlpKWbv8_medium.jpg)
10:53 / 24.07.2024
Yerlarni tut ko‘chatlarini ekish uchun ikkilamchi ijaraga olish mumkin bo‘ladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/gZdHq6XhVdIqDfabZO49m4Zkvpu3KM0G_medium.jpg)
19:28 / 22.07.2024
“Turar joylar sud boshqaruvchisi tomonidan sotuvga chiqarilgan” – Universal bank Farg‘onadagi “dom” mojarosiga munosabat bildirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/U9OeEve3hT8SQlenSEiR_22ZVcyYsPzU_medium.jpg)
17:33 / 18.07.2024
II chorakda uy-joy bozorida faollik pasaydi – Markaziy bank
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/sDYYSGrHqCUtlNIdzOXGH1jsB62h12-u_medium.jpg)
10:30 / 01.07.2024