Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
BMTning uy-joy huquqi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19-30 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Balakrishnan Rajagopal O‘zbekistonga tashrifi davomida milliy qonunchilikda va amaliyotda uy-joy huquqini himoya qilish va amalga oshirish, jumladan, uy-joyning arzonligi hamda yaroqliligi, xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va majburiy ko‘chirishni o‘rganib chiqadi.
U O‘zbekiston tomonidan uy-joy huquqidan mamlakatdagi barcha aholi guruhlari foydalanishi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi. Shuningdek, maxsus ma’ruzachi iqlim inqirozining uy-joy huquqiga bo‘lgan ta’sirini va aholining uy-joy masalalari va shaharsozlik bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishi masalalarini o‘rganadi.
Tashrif davomida BMT ma’ruzachisi Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarga va ular yaqinidagi tumanlarga, jumladan, talabalar turarjoylari va oilada turli murakkabliklarga uchragan yoki boshpanasiz qolgan shaxslar uchun mo‘ljallangan yashash manzillariga borishi kutilmoqda. Bir qancha rasmiy uchrashuvlar, fuqarolik jamiyati va biznes doiralar vakillari bilan muloqotlar ham rejalashtirilgan.
Tashrif yakunida BMTning maxsus ma’ruzachisi matbuot anjumani o‘tkazadi.
Ekspert 2025 yilning mart oyida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga tashrifi to‘g‘risida hisobot taqdim etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:34 / 16.07.2026
Ipotekaga olingan uyga boshqa shaxslarni ro‘yxatga qo‘yishda bankning ruxsati talab etilmaydi
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026