Markaziy bank 2024 yil II çoragi böyiça aholining iste’mol kayfiyati şarhini e’lon qildi. Unda bir qança ahamiyatli jihatni köriş mumkin.
Daromad subindeksi
Joriy yil II çorakda daromad subindeksi avvalgi çorakka nisbatan 0,7 foizga pasayib, 70,3 bandga teng bölgan va ötgan yilning mos davri darajasida şakllangan.
Kelgusida daromadlar oşişi böyiça kutilmalar indeksi biroz pasaygan bölsa-da, sörov iştirokçilarining qariyb uçdan ikki qismi kelgusi çoraklarda daromadlari köpayişini kutyapti.

Kelgusida daromadi oşişini kutayotgan respondentlarning aksariyat köpçiligi 5-7 mln söm, 7-10 mln söm va 10 mln sömdan yuqori oylik daromadga ega bölgan guruhlarga töğri kelmoqda. Daromadi nisbatan pastroq (2-3 mln sömgaça) bölgan aholi vakillarining kelgusida daromadi ortişi böyiça kutilmalari qolgan daromad guruhlariga nisbatan pastroq şakllangan.
Respondentlarning 68 foizi (ötgan çorakda 75 foiz) rasmiy iş xaqidan daromad olişini ta’kidlagan. Tadbirkorlik, tomorqa faoliyati hamda pul ötkazmalari orqali daromad oluvçilarning uluşi ortgan.

Sörovda turizm, maişiy xizmat, taşiş xizmati va qişloq xöjaligi sohalarida faoliyat yurituvçilar daromadlarining oşişi böyiça optimistik kutilmalarni qayd etgan bölsa, aksinça, davlat boşqaruvi, bank-moliya, kommunal xizmatlar va quriliş sohasidagilarning kutilmalari nisbatan pessimistik bölgan.
Xarajat subindeksi
Ikkinçi çorakda respondentlarning köpçiligi pulning katta qismini uy-joy ta’miri (25,8 foiz), ta’lim (20,5 foiz) va davolaniş (20,1 foiz) uçun sarflaşganini qayd etgan. Öz navbatida xarajatlar tarkibida avtomobil sotib olganlar uluşi birinçi çorakdagi 12,3 foizdan 10,5 foizgaça, uy-joy xaridi uluşi 6,2 foizdan 5,8 foizgaça qisqargan.
Şuningdek, mebel sotib oliş (5,3 foizdan 4,3 foizga), elektron qurilmalar (4,8 foizdan 3,5 foizga), oilaviy tadbirlar (11,5 foizdan 9,2 foizga) bilan boğliq xarajatlar uluşi ham kamaygan.










