TTJga onlayn ariza beriş

1 avgustdan öquv yili oxirigaça talabalar turar joyiga ehtiyoji borlarga onlayn ariza beriş imkoni berilgan. Buning uçun talaba avvalo my.gov.uz saytida röyxatdan ötib, şaxsiy kabinet yaratişi kerak. Keyin saytdagi ta’lim bölimini tanlaydi. U yerdan talabalar turar joyiga joylaşiş uçun ariza yuboriş degan bölimga ötadi. Bölimda kerakli ma’lumotlarni töldirib, ariza jönatadi.

Keyingi bosqiçda “jarayonda” degan yozuv çiqib turadi. Bu yozuv qança muddat ekani ma’lum emas. Çunki ariza topşiruvçilar sonini oldindan aytişning imkoni yöq. Qolaversa, tartib böyiça, dastlab imtiyozga ega talabalarga yotoqxona beriladi.

Yotoqxona uçun şartnoma qanday olinadi?

Ariza körib çiqilgaç, “arizangiz qabul qilindi” degan yozuv çiqadi. Va avtomatik ravişda yotoqxona uçun şartnoma şakllantiriladi. Xuddi şu paytda talaba QR-kodli yöllanma ham çiqadi. Talaba şu kod orqali TTJga joylaşadi. Unda talabaga neçançi yotoqxonadan joy berilişi körsatiladi. Şuningdek, şartnomada TTJ böyiça mas’ullar telefon raqamlari bor. Talaba şu raqam bilan boğlanib, qöşimça ma’lumot olişi mumkin. Yotoqxona xonasi esa talaba borganidan keyin aniq böladi.

Ariza berganlar qaçon yotoqxonaga joylaşişi mumkin?

Bu haqida har bir OTM öz imkoniyatidan kelib çiqib e’lon beradi. Masalan, Özbekiston Milliy universiteti ma’muriyati şartnoma olib, tölov qilgan talabalarning 4-14 sentabr oraliğida TTJga kelişini sörayapti. Boşqa OTMlarda vaziyat biroz farq qilişi mumkin. Şuning uçun yotoqxonaga joylaşmoqçi bölgan talabalar oliygohning rasmiy ijtimoiy sahifalarini doimiy kuzatib turişlari tavsiya etiladi. Yoki şartnomada körsatilgan telefon raqamga qönğiroq qilib, joylaşiş sanalarini aniqlaştirib olsa ham böladi.

Yotoqxona taqsimotida kimlarga imtiyoz beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga köra, quyidagilar yotoqxona olişda imtiyozga ega:

  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvçilari, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan talabalar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “temir daftar” va “ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “yoşlar daftari”da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi bölgan talabalar;
  • bir oiladan bakalavriat bosqiçi kunduzgi ta’lim şaklida ikki yoki undan ortiq tölov-şartnoma asosida öqiyotgan oilalar farzandlari;
  • xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ötkaziladigan respublika fan olimpiadalarida ğoliblikni qölga kiritgan talabalar;
  • “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” körik-tanlovlarining respublika bosqiçi ğolibi bölgan talabalar;
  • oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida ötkazilgan “Zakovat” intellektual öyinining respublika bosqiçida ğoliblikni qölga kiritgan talabalar;
  • talabalar turar joyida talabalar kengaşi raisi, qavat sardori bölgan talabalar.

Kurslar böyiça taqsimot qanday böladi?

Imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar TTJga qabul qilingandan keyin umumiy röyxatdagi talabalarga örin quyidagiça taqsimlanadi:

1-kurs talabalari uçun 55 – 65 foiz;

2-kurs talabalari uçun 15 – 20 foiz;

3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uçun 20 – 25 foizgaça.

Bunda kurslarga ajratilgan, biroq tölmay qolgan örinlar avvalo quyi kurs talabalari orasida, söng kurslarning ortib borişi tartibida yuqori kurs talabalari orasida qayta taqsimlanadi. OTM tomonidan TTJdagi örinlar soni umumiy röyxat böyiça fakultetlar kesimida taqsimlanişi mumkin.

Ijara xonadonlarini topişga yordam

Har bir OTM oldida talabalarni ijara xonadonlariga joylaşişga yordam beradigan ştab taşkil qilingan. Ular ijara xonadonlar bazasini şakllantiriş, talabalarning guruh tyutorlari orqali ijara xonadonlariga joylaşişiga yordamlaşadi. Şuningdek, OTM rasmiy veb-sayti orqali yangi topilgan ijara uylari röyxati va ijara uylari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.

Ijara tölovining bir qismi tölab beriladi

Tegişli hujjatga köra, yotoqxona olmagan talabalarining 60 foiziga oylik ijara tölovining bir qismi davlat budjetidan tölab beriladi. Bunda bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yaşayotgan bölişi kerak. Ularning barçasi ijara şartnomasida qayd etilgan bölişlari şart. Talabgorlarga oylik ijara tölovining bir qismi ijara şartnomasining summasidan qat’i nazar tölab beriladi. Bu miqdor – Toşkent şahrida BHMning bir baravari, qolgan hududlarda BHMning yarim baravari deb belgilangan.

Talabalarni ijaraga qöygan uy egalaridan daromad soliği undirilmaydi.

Zuhra Abduhalimova, jurnalist