BBC Kopenhagen universitetining xalqaro huquq böyiça ekspertlari Gleb Boguş va Kevin Yon Heller bilan şu mavzuda gaplaşdi. Quyida uşbu iş böyiça asosiy savollar va javoblar keltiriladi.

XJS tomonidan Putinni hibsga oliş töğrisida order berilişi Rossiyaning amaldagi prezidenti daxlsizligiga qançalik mos keladi?

Huquq nuqtayi nazaridan, Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olişga order berişiga heç qanday tösiq yöq: XJS a’zo mamlakatlari orderni bajarişi şart. Va agar Putin ularning hududiga kelsa, ular uni sudga topşirişi kerak. Ammo yuridik majburiyatlar boşqaça, davlatning harakatlari - boşqaça bölişi mumkin, deydi ekspertlar.

XJSning bunday vaziyatlar uçun pozitsiyasi avvalroq Sudanning öşa vaqtdagi prezidenti, ommaviy qirğinlarda ayblangan Umar al-Başir işi böyiça apellyatsiya palatasi qarorida bayon etilgan edi. Unga köra, davlat rahbari xalqaro sud qarşisida daxlsizlik huquqiga ega bölmaydi, alohida davlatlar örtasidagi hamkorlik masalalarini esa öşa mamlakatlarning özlari hal qilişlari kerak böladi.

Ammo davlatlararo munosabatlar doirasida davlat rahbarlari şaxsiy daxlsizlikka ega, ya’ni u lavozimda qolar ekan va uni davlat rahbari deb tan olişarkan, boşqa davlat uni hibsga olmaydi. Ya’ni bu hamişa vaqt masalasi bölib qoladi, hozir esa XJS qarorini ijro etiş deyarli imkonsiz iş.

Agar amaldagi davlat rahbari bir tomondan XJS oldida majburiyatlari bor, boşqa tomondan daxlsizlik bilan boğliq majburiyatlarga ega bölgan davlatga kelsa, bu davlat hukumati nima qilişi kerak?

Bu masala böyiça bir yeçimga kelinmagan.

Tarixda XJS tomonidan hibsga oliş töğrisida order bölgan bölsa-da, amaldagi davlat rahbarini sudga topşiriş bilan boğliq pretsedent kuzatilmagan. Ammo gumonlanuvçi öz xohişi bilan XJS qarşisiga kelişi ikki bor röy bergan - bular Keniya prezidenti va vitse-prezidenti.

«Şunday ekan, Putin ham boşqa istalgan gumondorlar qatori ixtiyoriy ravişda sudda paydo bölişi nazariy jihatdan mumkin. Bu uning hibsga olinişi ehtimolidan köra fantastikroq variant emas», deb hisoblaydi Boguş.

Ya’ni, agar Putin XJS yurisdiksiyasini tan olgan davlatdagi xalqaro forumga yöl olsa, u hibsga olinmaydimi?

Buni davlatning özi hal etadi.