1890 yilda taşkil etilgan kompaniya dunyo böyiça maşhur brendlarning 4000 dan ortiq savdo nuqtalarini boşqaradi, yillik daromadi 11 milliard AQŞ dollarini taşkil etadi. Kompaniya xodimlarining soni 50 mingdan ortiq.

Tomonlar Özbekistonda taniqli brendlar dökonlarini oçiş imkoniyatlarini muhokama qildilar. Alshaya Group Özbekistonni barqaror ösayotgan iste’mol sektori, sarmoyadorlar uçun jozibador muhit va mamlakatning demografik salohiyati sababli Markaziy Osiyodagi istiqbolli bozor sifatida körib çiqmoqda.

Kompaniya vakillari uzoq muddatli loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirar ekan, yaqin vaqt içida ilk savdo nuqtalarini işga tuşiriş rejalari bilan bölişdi. Uçraşuv davomida brendlarning Özbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib borişi uçun aniq amaliy çoralar kelişib olindi.