Şavkat Mirziyoyev 16 iyun kungi videoselektor yiğilişida yöl infratuzilmasi va transport boşqaruvi sohasidagi mavjud vaziyatni tanqid ostiga oldi.

Prezidentning sözlariga köra, sönggi yetti yilda yöl quriş va ta’mirlaşga berilgan 61 trillion sömning asosiy qismi xalqaro va respublika yöllariga töğri keladi. Lekin ölim bilan boğliq avtohalokatning 75−80 foizi ham şu yöllarda bölyapti.

Davlat rahbari, şuningdek, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekanini qayd etdi. U aholining yana bir e’tirozi — yöllardagi kameralar dislokatsiyasi ekanini qayd etarkan, ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yoziş uçun işlayotganini ta’kidladi.

Uning fikriça, bu kameralar aslida transport oqimini boşqariş, tirbandlik va avariyani kamaytirişga xizmat qilişi kerak.

Şu bilan birga, çorraha, çiziq va yöl belgilarini töğrilaş, svetoforlarni «aqlli» boşqaruvga ötkaziş böyiça işlar sustligi tanqid qilindi.

Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga soliş böyiça taqdimot qilinganiga ham ança vaqt bölgani, lekin natija yöqligi körsatib ötildi.