22:09 / 21.03.2023
86011

O‘zbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etildi

21 mart, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi.

Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 6,6 bo‘lgan. Zilzila episentri Toshkentdan 561 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 5-6 ball;
  • Toshkent shahri, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 5 ball;
  • Xorazm viloyatida 4-5 ball;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ball.

Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km.

Yer qimirlashi vertikal va davomli xarakterga ega bo‘ldi. Toshkent shahrida ko‘p qavatli uyda yashovchilar va savdo markazlaridagi odamlar ko‘chaga chiqib olishdi.

  • 1966 yil 26 aprelida kuchli zilzila oqibatida Toshkentda shahar markaziy qismi amalda butkul vayron bo‘lgan. O‘shanda seysmik tebranish oqibatlari tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lib, bir necha yuz kishi jabrlangan, 300 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolgan. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlariga SSSRning barcha respublikalaridan yordam kelgandi.
  • 2023 yil 6 fevralida Turkiya janubi-sharqi va Suriya shimoli-g‘arbida so‘nggi o‘n yilliklardagi eng vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Qurbonlarning aniq soni hozirga qadar ma’lum emas, ammo Turkiyada bu raqam 50 mingdan oshgan.
Top