21:41 / 22.03.2023
15588

“15-20 yil avval tibbiyotimiz juda og‘ir ahvolda edi” - Amrillo Inoyatov

Amrillo Inoyatov Buxorodagi “Konstitutsiya o‘zimizniki” targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqib, jamoatchilikni konstitutsiyaviy islohotda faol bo‘lishga, referendumda ishtirok etishga chaqirdi.

Rasmiy foto

“15-20 yil avval tibbiyotimiz juda og‘ir ahvolda edi. Shifokorlarimiz yetishmasdi. Ular chet elga ishlagani chiqib ketardi. Tibbiyot muassasalarimizda dori-darmon, tibbiy jihozlar yetishmovchiligi bor edi.

Aholi qiynalib, uzoq masofalardagi poliklinikalarga borishgan. 2016 yildan boshlab, mamlakatimizda, tibbiyotimizda tub burilish bo‘ldi. Optimallashtirilgan 2000 ta poliklinikalarimiz barpo qilina boshlandi.

Yangi O‘zbekistonimizda yangi inqilobiy islohotlarni kim amalga oshiradi? Albatta, sog‘lom xalq, sog‘lom millat. Mana shu xalq, millatning sog‘lom genofondini ta’minlash – bizning eng oliy maqsadimiz. Konstitutsiyamizning 48-moddasida aholimiz uchun shoshilinch tez tibbiy yordam bepul ekani, tibbiy xizmatlar va dori-darmonlarning ayrimlari kafolatlangan tarzda davlat tomonidan bepul berilishi aniq ko‘rsatib berilmoqda”, dedi Amrillo Inoyatov.

Avvalroq shunday tadbirlar Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgandi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top