Amrillo Inoyatov yangi lavozimda ish boshladi
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlangan.

Foto: Oliy majlis
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Amrillo Shodiyevich Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
2023 yilning sentabr oyida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilingandi.
Amrillo Inoyatov 1979 yilda tug‘ilgan. 2001 yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida «Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi» mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tekshirish laboratoriyasida boshlagan. 2006-2014 yillarda ushbu institutning «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti, mazkur kafedra mudiri, Stomatologiya fakulteti dekani vazifalarida ishlagan. 2014-2020 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filialining Stomatologiya fakulteti dekani, ushbu filial direktori, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Amrillo Inoyatov 2020 yil iyulida O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
2020 yil noyabrdan sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2022 yil dekabrida sog‘liqni saqlash vaziriga aylangandi.
2023 yil 4 yanvar kuni esa u vazirlikdan ketgani, prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayarovga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklatilgani ma’lum bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

14:37 / 17.06.2025
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025