Ijtimoiy tarmoqlarda Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning “aliment tölamayotgani”ga oid xabarlar tarqaldi.

Majburiy ijro byurosining aniqlik kiritişiça, tarqalgan xabardagi 20012307105901-sonli ijro işi yöl harakati qoidalari buzilgani uçun fuqaro Amrillo Inoyatovdan ma’muriy jarimani undiriş bilan boğliq. Bu – aliment undiruviga doir ijro işlari toifasiga kirmaydi.

MIB axborotiga köra, byuroning Buxoro viloyat boşqarmasi va uning hududiy tuzilmalarida soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovdan aliment undiriş bilan boğliq hujjatlar mavjud emas.

“Hozirda, uşbu ma’muriy jarimani undiriş çoralari körilmoqda”, – deyiladi rasmiy munosabatda.

Onlayn tölov tizimi orqali tegişli invoys kiritilganda MIBning ijro işi böyiça jami 1 mln 732 ming 500 söm qarzdorlik körinadi.

Ijro işiga köra, qarzdor Inoyatov Amrillo Şodiyeviç 1 mln 650 ming söm asosiy qarz va 82 ming 500 söm ma’muriy jarima tölaşi kerak. Qaçon oçilgani noma’lum ijro işi hozirda jarayonda bölib, qarzdorlik bartaraf etilmagan.