Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov boşçiligidagi soha mas’ullari hukumat delegatsiyasi tarkibida xizmat safari bilan Turkiyada böldi.
Taşrif davomida Özbekiston vakillari ACIBADEM Healthcare Group prezidenti Mehmet Ali Aydinlar bilan uçraşdi.
«Uşbu nufuzli tibbiyot muassasasi dunyo böylab köplab klinika va markazlar tarmoğiga ega xalqaro brend hisoblanadi.
Xususan, kardiologiya, onkologiya, organ va töqimalar transplantatsiyasi, neyroxirurgiya, robot jarrohligi va sport tibbiyoti kabi soğliqni saqlaş sohasining köplab yönalişlari integratsiyalaşgan uşbu muassasa tarkibida jami 24 ta klinika, 16 ta tibbiyot markazlari va boşqa qator kompaniyalar faoliyat körsatmoqda.
Jahon standartlariga töliq javob beradigan mazkur klinikalar özining ilğor tajriba markazlari bilan alohida ajralib turadi. Ularning barçasi milliy va xalqaro akkreditatsiyadan ötgan bölib, zamonaviy texnologiya va tibbiyotning köplab sohalarida boy tajribaga ega mutaxassislar bilan ta’minlangan.
Har yili dunyoning turli nuqtalaridan minglab bemorlar sifatli va malakali tibbiy xizmatlarni oliş uçun uşbu klinikalarga taşrif buyuradi.
ACIBADEM Healthcare Group tibbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida ham mamlakatda yetakçilardan biridir. Jumladan, uning negizidagi Acibadem tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar zamonaviy öquv dasturlari asosida malakali pedagoglar tomonidan öqitiladi. Muassasada talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantirişga möljallangan ilğor simulyatsion markazlar ham mavjud», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Muloqot davomida Toşkent şahrida Acibadem klinikasini oçiş böyiça kelişuvga erişilgan.
Şuningdek, uçraşuvda birgalikda kadrlarni tayyorlaş, mutaxassislarni öqitiş va malakasini oşiriş, tibbiy ta’lim kabi yönalişlarda hamkorlik aloqalarini örnatiş masalalari ham körib çiqilgan.













