Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyaning yuk aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
21 mart kuni Daniyaning Maersk Air Cargo yuk aviakompaniyasining samolyoti Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘nib, Billund – Navoiy – Xanchjou – Navoiy – Billund yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga parvozlarni boshlab berdi.
«Bu yilgi Navro‘z sovg‘alarga boy. Bir kunda birdaniga uchta aviakompaniyaning samolyotlarini kutib oldik. Yuk tashish sohasida jahon giganti hisoblangan Maersk Group logistika guruhi bilan hamkorlik qilish O‘zbekiston aeroportlari, xususan Navoiy aeroporti uchun juda muhim loyiha. Bir necha oy muzokaralar olib borildi, shartlar muhokama qilindi va 21 martdan O‘zbekiston orqali parvozlar boshlandi», - dedi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.
Maersk Air Cargo reyslari haftasiga olti martadan boshlandi, keyinchalik reyslar haftasiga 36 martagacha ko‘payadi. Boeing 767 yuk samolyotlari Daniyadan O‘zbekiston orqali Xitoyga va ortga uchadi. «Navoiy» aeroporti aviakompaniya samolyotlarini texnik qo‘nish, yonilg‘i quyish va ekipajni almashtirish uchun o‘tkazish punktiga aylanadi.
Maersk Air Cargo shtab-kvartirasi Billund shahrida joylashgan Daniya yuk aviakompaniyasidir. Kompaniya 2022 yilda Maersk logistika guruhi tarkibiga kiruvchi Star Air aviatashuvchisi negizida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
17:50 / 21.04.2026
Etihad Airways avgustdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
14:25 / 24.03.2026