Daniyada 24 mart, seşanba kuni navbatdan taşqari parlament saylovlari bölib ötmoqda. Sotsial-demokratik partiya vakili, boş vazir Mette Frederiksen Grenlandiya taqdiri yuzasidan Vaşington bilan yuzaga kelgan mojaro ortidan xalqaro siyosat sahnasi markaziga çiqqan holda, uçinçi muddatga erişişga harakat qilmoqda. Uning asosiy raqibi — markazçi yönalişdagi mudofaa vaziri Truls Lund Poulsen bölib, u liberal “Venstre” partiyasi vakilidir.
Saylovlar AQŞ prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazorat örnatişga intilişi atrofida bir neça oydan beri davom etayotgan keskinlik şaroitida ötmoqda. Frederiksenning qat’iy rad javobi uning ma’qullaş reytingi oşişiga va hukumatining qöllab-quvvatlanişi pasayib borgan davrdan keyin siyosiy pozitsiyasini mustahkamlaşiga yordam berdi. Şu vaziyatdan foydalanişga uringan Frederiksen ötgan oyda navbatdan taşqari saylovlar ötkazilişini e’lon qilgan edi.
Sörovlar şuni körsatmoqdaki, söl-markazçi sotsial-demokratlar yana eng yirik partiya bölib qolişi mumkin, biroq ijtimoiy dasturlar qisqartirilgani va yaşaş qiymati oşib borayotganidan saylovçilar noroziligi tufayli ular sönggi yuz yildan ortiq davrdagi eng yomon natijalaridan birini qayd etişi ham ehtimoldan xoli emas. Frederiksen özini inqiroz şaroitida işonçli boşqaruvçi sifatida namoyon qilmoqda. Ayni paytda u Poulsen partiyasi ham kirgan uç partiyali markazçi koalitsiyaga boşçilik qilmoqda, ammo sörovlar saylovdan keyin bu ittifoq saqlanib qolişiga şubha uyğotmoqda.
Parlamentdagi 179 örindan birortasini ham siyosiy lagerlardan heç biri mustaqil köpçilik bilan egallay olmaydi, deb kutilmoqda. Bu esa yana sobiq boş vazir va hozirgi taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen hamda uning markazçi “Mö’tadillar” partiyasini hal qiluvçi kuç — ya’ni “qirol yasovçi” maqomiga olib çiqişi mumkin.
Grenlandiya taqdiri, xalqaro miqyosda qançalik keskin mavzu bölmasin, Daniyadagi saylovoldi kampaniyasining asosiy mavzusiga aylanmadi. Partiyalar asosan içki muammolarga — oziq-ovqat va yonilği narxlari, qişloq xöjaligining kelajagi, içimlik suvi sifati hamda fermalardagi şaroitni yaxşilaş masalalariga e’tibor qaratdi. Öng qanot populistlar esa migratsiya siyosatini yanada qat’iylaştiriş çaqiriqlari bilan qöllab-quvvatlov topişga urindi.
Ovoz berişda iştirok etiş huquqiga ega bölgan dat saylovçilari soni taxminan 4,3 million nafarni taşkil etadi. Saylov uçastkalari Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 8:00 dan 20:00 gaça (Toşkent vaqti bilan 12:00 dan 24:00 gaça) işlaydi, dastlabki natijalar esa bugun keçqurun e’lon qilinişi kutilmoqda.












