Putin va Si Jinping strategik hamkorlik borasida kelishib oldi
Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Rossiya va Xitoy yetakchilari «har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikni» chuqurlashtirish to‘g‘risidagi bayonot hamda bir qator boshqa hujjatlarni imzoladilar.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 mart, seshanba kuni Kremlda Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokaralar chog‘ida Moskva va Pekin o‘rtasida ikki davlat sherikchiligini mustahkamlashga qaratilgan savdo, energetika va siyosiy aloqalarning o‘sib borayotganini olqishladi.
«Ishonchim komilki, ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan keyin ham mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yo‘lida mustahkamlanib, jadal rivojlanib boradi», — dedi Rossiya davlat rahbari muzokaralar chog‘ida. U taxminan uch soat davom etdi. Dastlab delegatsiyalar a’zolari ishtirokida tor doirada bir yarim soatdan ortiq davom etgan uchrashuv keyinroq kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari ikkita qo‘shma bayonotni imzoladilar – «yangi davrga qadam qo‘yayotgan keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida» va «Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligi asosiy sohalarini 2030 yilgacha rivojlantirish rejasi to‘g‘risida», - deyiladi Kreml saytida. Bundan tashqari, Xitoy rahbarining Rossiyaga davlat tashrifi doirasida turli sohalarda Rossiya-Xitoy hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator hukumatlararo, idoralararo va korporativ hujjatlar imzolandi.
Uchrashuv yakunida so‘zga chiqqan Putin muzokaralar «iliq, do‘stona, konstruktiv muhitda» o‘tganini va Rossiya-Xitoy munosabatlari «tarixdagi eng yuqori rivojlanish darajasida» ekanini aytdi. Si Jinping tarjimon orqali gapirar ekan, rossiyalik hamkasbi bilan muzokaralarni «ochiq va do‘stona» deb atadi.
Matbuot uchun bayonotida Xitoy rahbari, shuningdek, Pekin Ukrainadagi urushni diplomatik yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. «Biz Birlashgan millatlar tashkilotining tamoyillariga amal qilamiz... va Ukrainadagi jangovar harakatlarni tinch yo‘l bilan hal qilishga yordam beramiz», dedi u hamda Xitoy rahbariyati hamisha «tinchlik va muloqot» tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi.
Putin, o‘z navbatida, Si Jinping taklif qilgan Ukrainadagi urushni hal qilishga qaratilgan «tinchlik rejasi»ni olqishladi. «Xitoy tomonidan ilgari surilgan tinchlik rejasining ko‘plab qoidalari Rossiya yondashuvlariga mos keladi, ular G‘arb va Kiyev bunga tayyor bo‘lganida tinch kelishuv uchun asos bo‘lishi mumkinligiga ishonamiz», - dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Si Jinping bir kun avval Ukrainadagi vaziyatni to‘rt soatdan ko‘proq muhokama qilgan. «Hammasini tushuntirish uchun imkoniyat bor edi, - dedi u jurnalistlarga. - Ular bir-birini eshitishdi, bu eng muhimi».
Mavzuga oid
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024