O‘zbekiston | 18:33 / 22.03.2023
5875
1 daqiqa o‘qiladi

“Zakovat”chilar konstitutsiyaviy o‘zgarishlarga befarq emasligini bildirdi

“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi kubogi ishtirokchilari konstitutsiyaning yangi tahriri qamrab olayotgan turli sohalarga befarq emasliklarini bildirdi.

Intellektual o‘yin ishtirokchilari ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot va siyosatga befarq emasligini ta’kidlab, “Befarq emasman” kampaniyasida ishtirok etishdi.

Bu kampaniya doirasida fuqarolar O‘zbekistonda konstitutsiyani yangilash jarayonida barchani faollikka chorlab, chaqiriqlar bilan chiqmoqda.

O‘zbekiston konstitutsiyasining yangi tahririni qabul qilish haqidagi qonun 30 aprel, yakshanba kuni umumxalq referendumiga qo‘yiladi.

Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi ishtirok etsa va ularning yarmidan ko‘pi o‘zgarishlarni yoqlab ovoz bersa, O‘zbekiston konstitutsiyasi 65 foizga o‘zgarib, yangi tahrirga o‘tkaziladi.

Mavzuga oid