Dpa agentligi xabar berişiça, Mersga yaqin manbalar bu kabi gap-sözlar “konstitutsiya va siyosiy voqelikni bilmaslik” hamda “xavfli tarzda mojaro qözğatişga moyillik” belgisi ekanini ta’kidlagan.
Ularning fikriça, bunday miş-mişlar Germaniyadagi öta öng “Germaniya uçun muqobil” partiyasi manfaatlariga xizmat qiladi hamda içki va xalqaro inqirozlar fonida siyosiy markaz nufuziga putur yetkazadi.
Avvalroq Stern jurnali va Bild gazetasi Xristian-demokratik ittifoq (XDI) partiyasida Fridrix Mersni vakolat muddati tugaşidan oldin almaştiriş ehtimoli muhokama qilinayotganini xabar qilgan edi. Naşrlar ma’lumotiga köra, ehtimoliy nomzodlar sifatida Şimoliy Reyn — Vestfaliya hukumati rahbari Xendrik Vyust, Bavariya boş vaziri Markus Zyoder hamda XDI/XSI parlament fraksiyasi rahbari Yyens Şpan tilga olingan.
Dpa agentligi qayd etişiça, amaldagi kanslerni almaştiriş Germaniya konstitutsiyasi nuqtai nazaridan ança murakkab siyosiy jarayon hisoblanadi. Bunday holatda Mersning özi yangi kansler sayloviga yöl oçişi yoki partiyadoşlari bosimi ostida iste’foga çiqişi talab etiladi.
Şu bilan birga, XDI/XSI va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi deputatlari yangi kanslerni birgalikda saylaşi mumkin bölsa-da, bu jarayon oson keçmasligi ta’kidlanmoqda.
May oyida ötkazilgan Deutschlandtrend söroviga köra, Fridrix Mers boşçiligidagi Germaniya hukumati reytingi koalitsiya iş boşlagandan beri eng past darajaga tuşgan. Sörov iştirokçilarining 86 foizi hukumat faoliyatidan norozi ekanini bildirgan. Mersning şaxsiy reytingi esa 16 foizgaça pasaygan.

















