Qozoğistonda yangi konstitutsiya loyihasi böyiça referendumda ovoz beriş yakunlandi. 15 mart, yakşanba kuni keçqurun e’lon qilingan ekzitpol natijalariga köra, ovoz berganlarning mutlaq köpçiligi asosiy qonunga özgartişlar kiritişni qöllab-quvvatlagan.
Yevrosiyo integratsiyasi instituti ekzitpoli ma’lumotiga köra, referendum iştirokçilarining 86,7 foizi asosiy qonunning yangi tahriri uçun ovoz bergan. Sörovnoma mamlakatning 17 viloyati va uçta eng yirik şahridagi 200 ta uçastka çiqişida ötkazilgan bölib, qariyb 30 ming respondentni qamrab olgan.
“Kompleks ijtimoiy tadqiqotlar instituti — Ostona “Sotsis-A” xususiy jamğarmasi ötkazgan boşqa bir ekzitpol esa qöllab-quvvatlaş darajasi 87,4 foiz bölganini körsatdi. Amanat partiyasining Jamoatçilik siyosati instituti ma’lumotlariga köra, sörov iştirokçilarining 88,6 foizi yangi konstitutsiyani qöllab-quvvatlab ovoz bergan.
Ovoz berişning rasmiy natijalarini Markaziy referendum komissiyasi yetti kun içida e’lon qilişi kerak.
Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga köra, mamlakat böyiça iştirok darajasi 73,24 foizni taşkil etgan. Jami ovoz berişda Qozoğistonning 9 126 850 nafar fuqarosi qatnaşgan. Qozoğiston MSK yangi konstitutsiya böyiça referendumni allaqaçon ötgan, deb hisoblaş mumkinligini e’lon qildi.
Eng yuqori iştirok darajasi — 93,04 foiz Qizilörda viloyatida qayd etilgan, eng past körsatkiç esa — 33,43 foiz mamlakatning eng yirik şahri va 1997 yilgaça Qozoğiston poytaxti bölgan Olmaota şahrida kuzatilgan. Hozirgi poytaxt Ostonada iştirok darajasi 60,36 foizni taşkil etgan.
Yangi konstitutsiya loyihasi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev taşabbusi bilan işlab çiqilgan. Hujjatda, jumladan, ikki palatali parlamentni tugatib, uni bir palatali qurultoy bilan almaştiriş, şuningdek, prezidentga boş prokuror, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud raislari, Milliy bank rahbari hamda Milliy xavfsizlik qömitasi rahbarini yakka tartibda tayinlaş huquqini beriş taklif etilgan.
Bundan taşqari, vitse-prezident lavozimini joriy etiş rejalaştirilmoqda, uni ham prezident bir palatali parlament roziligi bilan tayinlaydi. Agar uşbu qonunçilik organi ikki marta u taklif qilgan vitse-prezident, boş vazir va spiker lavozimlariga nomzodlarni ma’qullamasa, prezident qurultoyni tarqatib yuborişi mumkin.












