O‘zbekiston | 12:15 / 23.03.2023
48582
1 daqiqa o‘qiladi

Jarimalar bo‘yicha chegirma 50 foizgacha oshirildi

1 maydan boshlab, huquqbuzarlik uchun tuzilgan jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz, 30 kun ichida to‘lansa, 30 foiz chegirma beriladi. Bu chegirmalar sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga ham taalluqli bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Prezidentning 23 mart kuni imzolangan qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi. 

O‘zA xabarida aytilishicha, yangi tartibga ko‘ra:

  • huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini;
  • 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi (1 maygacha amalda bo‘ladigan) tartibga asosan, 15 kun ichida to‘langan jarimalarga chegirma miqdori 30 foiz deb belgilangan.

Mavzuga oid