“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat oliy ta’lim muassasalari talabalariga qishki ta’til mobaynida barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining temiryo‘l hujjatlariga to‘liq qiymatidan 50 foiz chegirma beriladi.
Bunda chegirma SV/VIP klass vagonlari, shuningdek, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun qo‘llanmaydi.
Yo‘lovchi chiptalarini elektron tarzda xarid qilish uchun eticket.railway.uz saytidan, shuningdek Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan rasmiy mobil ilovalardan foydalanish mumkin.











