Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 fevraldagi farmoyişi ijrosini ta’minlaş maqsadida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida atmosfera havosiga çiqarilayotgan tutun, çang va zaharli gazlar miqdorini kamaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Boş prokuratura hamda Toşkent şahar va Toşkent viloyati hokimliklari hamkorligida 300 dan ortiq mutaxassisdan iborat işçi guruhlar tuzildi. Ular poytaxt va viloyat hududlaridagi issiqxona xöjaliklari, sanoat va quriliş materiallari işlab çiqariş korxonalari, şuningdek ijtimoiy soha obektlarini töliq xatlovdan ötkazdi.

Nazorat tadbirlari yakunida jami 4869 ta obekt örganildi, jumladan:
- 595 ta issiqxona xöjaligi (Toşkent viloyatida — 381 ta, Toşkent şahrida — 214 ta);
- 2265 ta ijtimoiy soha obekti;
- 1998 ta sanoat va quriliş materiallari işlab çiqariş korxonalari.
Örganişlar davomida atmosfera havosini muhofaza qiliş qonunçiligi talablariga rioya etilmagan holatlar aniqlanib, keskin çoralar körildi. Jumladan, ba’zi xöjaliklarda zararli kimyoviy, fizik va biologik ta’sir körsatuvçi moddalar havoga çiqarilgani, dudburondan foydalaniş qoidalari buzilgani qayd etildi.

Natijada:
- 58 ta issiqxona xöjaligiga ma’muriy jarimalar qöllandi;
- 106 ta xöjalik faoliyati vaqtinça töxtatildi;
- 387 ta holat böyiça ekologik talablarga moslaştiriş hamda plyonka, avtoşina va ösimlik qoldiqlarini yoqilği sifatida foydalanmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantiriş xatlari yuborildi.
Mas’ul idoralar nazorat tadbirlari tizimli davom ettirilayotganini ma’lum qildi.













