“Kavkaz asirasi” filmida “qadimiy, juda gözal odat” deb ta’rif berilgan udum haqida eşitgansiz, albatta. Çindan ham Kavkaz, Qozoğiston, Qirğiziston, Qoraqalpoğiston kabi ölkalarda kelin öğirlaş odati, ya’ni qiz olib qoçiş udumi bor.

Buni qozoq kardoşlarimiz “qiz alib qaşuv”, qirğizistonliklarda esa “qiz ala qaçuu” deyişadi. Buni qarangki, Özbekistonning Toşkent viloyati, Andijon, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarida ham qizlar olib qoçiladi. Biz bu udum keng yoyilgan hududlarda böldik.

Doston, 23 yoş:

— Hamma tengdoşlarim olib qoçişadi, bizga qiziq bu narsa. Döstlarim bilan Sabinaning işdan çiqişini poylaganmiz. Undan avval bir-birimizni tanirdik, gaplaşardik. Uyiga olib borib qöyişni aytganman, maşinaga ötirişi bilan ikki yoniga ikki sinfdoşim ötirgan va olib qoçganmiz. Öz uyimga emas, qarindoşimiznikiga olib borganman, çunki qizning ota-onasi birinçi örinda uyimizga borişlari aniq edi. Qizni topa olmasligi uçun şunaqa qilişadi, uzoq qarindoşlarnikiga olib borişadi.

Yiğlagan, baqir-çaqir qilgan. Olib qoçilganida hamma qizlar stressda böladi. Oğaynilar uni tinçlantirişga urinişadi, sen bizga hali qurdoş bölasan, yaqin bölib ketamiz, deyişadi.

Anonim ayol:

— Turmuş örtoğim uyimizga sovçi jönatganda bir-ikki marta gaplaşib körişsin deyişgan. Şundan keyin Qozoğistondagi qarindoşlarimiznikiga borib qaytayotganimda Özbekiston çegarasidan ötganimda kutib turgan ekan. Çirçiqqa, uyimga olib borib qöyişini aytganda işonib maşinaga ötirganman. Qarasam, notaniş joylar ekan. Keyin olib qoçişayotganini könglim sezgan. Notaniş darvozadan kirganimizda töpolon qilib, baqirganman, qörquv bosgan. Ketaman deb yiğlaganman. Yoşi katta ayollar bosti-bosti qilib, köndirib olib qolişgan. Ketmoqçi bölganimda katta kelinoyisi eşik tagiga yotib olgan. “Meni hatlab ötsang – baxtsiz bölasan”, deb. Ularni hatlab ötolmaganman va kelin bölib qolganman.

Olib qoçilgandan keyin baxtli yaşab ketganlar ham bor, baxtsiz bölganlar ham bor. Agar qaytib ketib, boşqaga turmuşga çiqsa, “seni olib qoçişgan” deb yuziga soladi.

Zebo, 36 yoş:

— Men özbekman, şuning uçun erimdan sovçi borganda dadam qarşi bölgan. Qozoqlarning urf-odatlari, udumlarini bilmaysan, qiynalasan deb. Lekin erim sovçilarini yuboravergan, agar öz xohişim bilan rozilik bermasam öğirlab ketişini aytib qörqitgan. Öğirlab ketişga ham harakat qilgan. Lekin unga turmuşga çiqişimni aytib, va’da berganimdan keyin olib qoçmagan.