Jahon | 19:21 / 04.07.2025
3890
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

Bitim qiymati 6 mlrd dollardan ortiqni tashkil etadi. Tanklarning 117 tasi Janubiy Koreyadagi zavodda, qolganlari Polsha korxonalarida ishlab chiqariladi.

Foto: Reuters

Polsha va Janubiy Koreya qurol yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yonhap agentligining yozishicha, Seul Varshavaga 6 milliard dollardan ziyodga 180 ta K2 tanklarini sotadi.

Ikkala davlat hukumati ham shartnoma shartlarini oshkor etmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 117 ta tank Janubiy Koreyadagi Hyundai Rotem zavodida, qolganlari esa Polshadagi korxonalarda ishlab chiqariladi.

«K2 tanklarining eksporti bo‘yicha ikkinchi bitim Janubiy Koreya va Polshaning qurollanish sohasidagi mustahkam hamkorligini tasdiqlaydi», - deydi Janubiy Koreya mudofaa vaziri Sok Chon Gun.

Tanklar savdosi bo‘yicha bitim Varshava va Seul o‘rtasida 2022 yilda imzolangan bitimlar seriyasining davomidir. Polsha hukumati Kiyevga yordam ko‘rsatish xarajatlari ortganidan so‘ng, K9 o‘ziyurar gaubitsalari va FA-50 hujumchi samolyotlarini ham sotib olgandi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid