Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13-son JIEM mahallalarda sport maydonchalarini qurish bo‘yicha bosh pudratchi bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining "Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili mahalla yoshlari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Belgilanishicha:
a) Mahallalarda sport maydonchalarini qurish loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi – Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti;
bosh pudratchi – Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-son Jazoni ijro etish muassasasi;
moliyalashtiruvchi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi hisoblanadi;
b) Ichki ishlar vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda qurib bitkazilgan sport maydonchalarini o‘rnatilgan tartibda hududiy qabul qilish komissiyalariga topshirilishini ta’minlaydi;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
har yili 1 martga qadar sport infratuzilmasi rivojlanmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish yuzasidan talabnomalarni shakllantirib, Yoshlar siyosati va sport vazirligiga taqdim etadi;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan “besh bosqichli” sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan, shuningdek sport maydonchalarini qurish belgilangan va infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan mahalla hamda umumta’lim maktablari hududidan belgilangan tartibda yer maydonlari ajratilishini ta’minlaydi;
qurilgan sport maydonchalarining tegishli hududiy komissiyalar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilib olinishi hamda ulardan samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
g) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
Yoshlar siyosati va sport vazirligining taklifiga muvofiq belgilangan mahallalarda joylashgan, shuningdek sport infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan umumta’lim maktablari tasarrufida bo‘lgan hududlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi balansida qoldirish sharti bilan sport maydonchalari qurilishi uchun zarur yer maydonlarining ajratilishini tashkil etadi;
umumta’lim maktablari hududida qurilgan sport maydonchalaridan o‘quvchilar, shuningdek, darsdan tashqari hamda qat’iy tarzda o‘quv jarayoniga xalaqit bermaydigan vaqtlarda mahalla aholisining bepul shug‘ullanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda mahallalarda qurib bitkazilgan sport maydonchalarini qabul qilish uchun hududiy qabul qilish komissiyalari tarkibini tasdiqlaydi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligiga taqdim etadi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026