Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston milliy jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi
Foto: UFA
O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonidagi yig‘in doirasida Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va Eldor Shomurodovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, Eldor milliy jamoadagi gollarini 34taga yetkazib, Maksim Shatskixning rekordini takrorladi.
Srechko Katanets shogirdlari yig‘in doirasida Janubiy Amerikaning yana bir vakili — Venesuelaga qarshi o‘ynaydi. Bellashuv 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘rtoqlik o‘yini
Boliviya — O‘zbekiston 0:1
24 mart. Jidda. «King Abdulla Spors Siti»
Gol: Eldor Shomurodov (36).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Odil Xamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Oston O‘runov, 79), Sherzod Nasrullayev (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 59), Eldor Shomurodov (Sardor Sobirxo‘jayev, 90), Umar Eshmurodov, Jasur Yaxshiboyev (Aziz Turg‘unboyev, 59), Husniddin Aliqulov.
Boliviya — Karlos Lampe, Diyego Medina, Adrian Xusino, Denni Beharano (Boris Sespedes, 69), Migelito (Ramiro Vaka, 69), Marselo Moreno, Xayme Arraskaita (Xayme Kuelyar, 59), Roberto Fernandes, Luchano Ursino (Gabriel Villamil, 59), Jyeyson Chura (Karmelo Algaranaz, 59), Leonardo Zabala (Xose Segredo, 27)
Ogohlantirishlar: L.Ursino (33), Masharipov (45), Otabek Shukurov (90+6).
Chetlatish: Xesus Sagredo (90+4).
Mavzuga oid
17:58 / 23.12.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
21:08 / 17.12.2025
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi
00:07 / 06.12.2025
O‘zbekistonning JCh-2026 guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
22:55 / 01.12.2025