10:34 / 25.03.2023
4833

O‘zbekiston Xitoydan 1 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 1,1 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 996,1 mln dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 562 mln dollarlik tovarlar xarid qilingan Germaniya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 541,4 mln;
  • Turkiya – 325 mln;
  • Koreya – 302 mln;
  • Litva – 146 mln;
  • Shveytsariya – 127,4 mln;
  • Braziliya – 121,4 mln;
  • Singapur – 95,3 mln.

Avvalroq 2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

Ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 454 mln dollar. Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 222,7 mln hamda 184 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Turkiya va Xitoy joy oldi.

2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Rossiya eng yuqori ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi – 1,4 mlrd dollar.

Top