Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 5 sentabr kungi majlisida “Davlat budjetining va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2024 yil birinçi yarim yillikdagi ijrosi töğrisida”gi hisobot körib çiqildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning birinçi yarmida bilvosita soliq tuşumlari ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga kamaygan. Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevga köra, bunga gaz işlab çiqarişning pasayişi va import qilişning ortişi sabab bölgan.
“2024 yilning birinçi yarmida soliq organlari tomonidan 85,8 trln sömlik soliq tuşumlari yiğildi va ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foiz ösiş ta’minlandi. Töğri aytdingiz, birinçi yarim yillikda bilvosita soliq tuşumlari 2023 yildagi körsatkiç 22,8 foizdan 21,4 foizgaça pasaydi. Bu asosan ikkita soliq turi: QQS va aksiz soliği böyiça tuşumlar uluşi kamaygani bilan boğliq.
QQS böyiça birinçi yarim yillikda 17,8 trln söm yiğilgan bölsa, bu tuşumlar 12,3 foizga oşdi. Lekin 14 trln QQS qaytarib berildi. Bu ötgan yilga nisbatan 40 foizga köp. Misol uçun, 1000 metr kub gazni 160 dollardan import qilyapmiz va 240 ming söm bojxonada tölanyapti. Aholi va korxona taşkilotlariga bu 480 ming sömdan to 1,5 mln sömgaça sotilyapti. Natijada har 1000 metr kubga 60 sömdan qaytarib beryapmiz. Ya’ni 2024 yilning birinçi yarmida UzGasTrade kompaniyasiga 1 trln söm QQS tölovi qaytarib berilgan.
Aksiz soliği böyiça 8 trln sömlik tuşum ta’minlandi va uluşi 0,2 foizga kamaydi. Bunga ham tabiiy gazdan 1,4 trln sömlik soliq tuşumlari tuşmasligi sabab böldi. Birinçi asosiy masala 2023 yilning 6 oyida bizda 2,3 mlrd metr kub gaz import qilingan bölsa, 2024 yilning birinçi yarmida 5,2 mlrd metr kub gaz import qilindi. Bu deyarli 2,2 barobar oşdi. Şuning hisobiga 1,3 trln sömlik aksiz soliği olinmadi. Çunki tabiiy gaz importiga 0 foizlik stavka qöllanadi.
Ikkinçisi, olti oyda 13,7 mlrd metr kub gaz işlab çiqarilgan. Bu ötgan yilga nisbatan 1,4 mlrd metr kub kam. Şuning hisobiga 104 mlrd sömlik aksiz soliqlari kam tuşgan.
Mana şu faktorlar sabab bilvosita soliqlar ötgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi”, dedi Mubin Mirzayev.













