Statistika agentligi Özbekistonning 2024 yil yanvar-iyul oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni taqdim etdi.
Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi 36,8 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 14,78 mlrd dollar, import hajmi esa 22,05 mlrd dollar. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 1,1 foizga qisqargan bölsa, import hajmi 10,1 foizga oşgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 7,26 mlrd dollarga yetgan.

Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo şerigi sifatidagi örnini saqlab qolgan bölsa-da, bu borada Rossiyaning uluşi oşib boryapti. Hisobot davrida Xitoy bilan özaro tovar ayirboşlaş hajmi 6,85 mlrd dollarga, Rossiya bilan 6,80 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy taşqi savdo aylanmasi hajmining mos ravişda 18,6 va 18,5 foizini taşkil qiladi. Şuningdek, taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Qozoğiston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Janubiy Koreya (3,2 foiz) bilan qayd etilgan.

2024 yilning dastlabki 7 oyida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluşga ega bölgan Top-10 davlat:
- Xitoy – 6,85 mlrd dollar;
- Rossiya – 6,80 mlrd dollar;
- Qozoğiston – 2,27 mlrd dollar;
- Turkiya – 1,69 mlrd dollar;
- Koreya – 1,19 mlrd dollar;
- Turkmaniston – 740 mln dollar;
- Fransiya – 689 mln dollar;
- Germaniya – 600 mln dollar;
- Afğoniston – 572 mln dollar.
- AQŞ – 553 mln dollar;
Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan beşta mamlakat – Fransiya, Afğoniston, Qirğiziston, Pokiston va Tojikiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 15 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.


















