ADM Jizzakh kompaniyasi elektromobillar importi uçun bojlarni qaytarişni taklif qilmoqda. Bu haqda 26 iyul kuni avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan bölib ötgan oçiq muloqotda kompaniya boş direktori Doniyor Davletyarov aytib ötdi.

Uning sözlariga köra, Özbekistondagi avtomobil bozori «haddan taşqari töyingan va qizib ketgan», şuning uçun jismoniy şaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga soliş kerak. Avtomobil işlab çiqaruvçisi 60 dan ortiq texnik talablarga javob berişi kerak bölsa, import qilingan transport vositasi soddalaştirilgan sertifikatlaş tartibidan ötib, mahalliy standartlarga mos kelmaydi.

ADM Jizzakh boş direktori avtotransport vositalarini rasmiy dilerlar orqali olib kiriş tartibini tiklaş taşabbusini ham ilgari surdi.

Bundan taşqari, Doniyor Davletyarov import qilinadigan butlovçi qismlar va tovarlar uçun boj tölanişi, ammo elektromobil yetkazib beruvçilar bu kabi tölovlarni tölamayotganini aytib ötdi.

«Bugungi kunda Özbekistonda sof elektromobil işlab çiqariş maqsadga muvofiq emas, çunki heç qanday boj yöq. Işlab çiqariş qimmat böladi, çunki ehtiyot va butlovçi qismlarni işlab çiqariş va import qiliş uçun hamma narsani 100 foiz mahalliylaştira olmaymiz. Import bojlarini tölaşimiz kerak», - dedi Davletiyarov.

Özbekistonga elektromobil import qilişning amaldagi tartibi

Hozirda Özbekistonga elektromobil import qilişda QQS, utilizatsiya va bojxona yiğimi undiriladi.

Bunda:

  • QQS avtomobilning bojxona qiymatidan 12 foiz;
  • utilizatsiya yiğimi – agar elektromobilning işlab çikarilgan muddati 3 yildan oşmagan bölsa, BHMning 30 barobari (9,9 mln söm), 3 yildan oşgan bölsa, BHMning 90 barobari (29,7 mln söm) miqdorida;
  • bojxona rasmiylaştiruvi böyiça yiğim elektomobilning qiymatiga qarab BHMning 1 barobaridan 3,5 barobarigaça (330 ming – 1 mln 155 ming söm oraliğida) miqdorda böladi.

Ma’lumot uçun, 2019 yil 1 yanvardan Özbekistonga elektromobil importi uçun boj tölovi bekor qilingan, öşa yil iyul oyiga borib aksiz soliği ham olib taşlangandi.

Avvalroq, 1 apreldan boşlab avtotransport vositasi uçun muvofiqlik sertifikati kimning nomiga berilgan bölsa, avtomobilni bojxonada faqat öşa şaxsning nomiga rasmiylaştiriş tartibi amaliyotga tadbiq qilinişi