Til – millat ğururi, til bor ekan, millat yaşaydi. Özidan kuçli, hukmron tillar ta’sirida tanazzulga uçragan tillar, millatlarga tarix guvoh. Şuning uçun ham har qanday mustaqil davlat öz tilini har tomonlama rivojlantirişga, ilm-fan, davlat tili sifatida keng va faol qöllanişiga şart-şaroit yaratadi, özga tillar ta’siriga tuşib qolişidan himoya qiladi.
1989 yilda davlat tili maqomiga ega bölgan ona tilimizga yuqorida aytilganday e’tibor bölmagani sabab hukmron til (rus tili) soyasida rasmiy til maqomini yöqotib, oddiy sözlaşuv tili darajasiga tuşib qolgani mutaxassislar tomonidan köp va xöp aytildi, bunga ortiqça töxtalib ötirmaymiz.
2019 yildan sönib borayotgan umidlar yana alanga oldi. Tilimizning hozirgi ahvoli, yiğilib qolgan muammolar yurtboşimiz tomonidan aytilganiga, şu yilning 21 oktyabr kuni “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi tarixiy farmon imzolanganiga, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida davlat tili muammolari bilan şuğullanuvçi alohida departament taşkil qilinganiga barçamiz guvohmiz.
Uç yildan ortiq davr mobaynida departament faoliyati, davlat tili böyiça qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar, ularning tilimiz rivojidagi ahamiyati xususida ijtimoiy tarmoqlarda aytib ötganmiz. Ammo hozirgi aytadigan gapimiz Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi özgarişlar natijasida departamentlar tugatilişi, şuning natijasida til siyosati böyiça yiğilib qolgan savollar, mavhumliklar haqida.
Gap şundaki, davlat tili böyiça maslahatçilar, mutaxassislar tomonidan “Şunça topşiriqlar ijrosi, nazorati nima böladi?” “Nahotki, davlat tili uçun mas’ul organ yöq bölib ketadi?” “Maslahatçilar faoliyati nima böladi?” kabi savollar tinimsiz yangramoqda. Ikkinçidan, bunday savollarga tayinli javob yöqligi qandaydir mavhumlikni paydo qilganday. Göyoki bir sehrgar kelib bizning ong-u şuurimizdan tilimiz böyiça fikrlarni öçirib taşlaganday. Tilimizning ahvoli yana öz holiga taşlab qöyilganday tasavvur paydo bölyapti. Kuzatişlarim şunday öylaşga majbur qilyapti. Quyidagi faktlarga e’tiboringizni qaratmoqçiman:
Birinçidan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-sonli qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan “Taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, barça taşkilotlarda iş yuritiş hujjatlari va boşqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida işlab çiqiş, qabul qiliş va e’lon qiliş amaliyotini töliq joriy qiliş” belgilab qöyilgan. Hukumatning mazkur qarori ijrosi qay ahvolda? Töğri, öz lavozim vazifasiga mas’uliyat bilan yondaşadigan vazirlik, idoralarda iş yuritiş lotin yozuviga ötilgan, lekin hammasida emas-da! “Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasining töliq matnining kirill yozuvida e’lon qilinişi hozirgi ahvolimizni körsatib turibdi. Hatto men bilgan ba’zi tilşunoslar ham qayta kirill yozuviga ötib ketdi.












