Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 22 oktyabr kuni quriliş sohasiga oid yangi qaror qabul qildi.

Unga köra, 2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • turar joy majmualarini qurişda obekt nomi davlat tilida böladi hamda davlat tili qoida va talablariga rioya etilişi lozim;
  • quriliş obektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peşlavhasi, quriliş maydonlari atrofidagi vaqtinça devor va tösiqlardagi barça yozuvlar, şu jumladan reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.

Avvalroq, Özbek tili bayrami arafasida qabul qilingan prezident qarori bilan, hokimlarning ma’naviyat va davlat tili böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etilgan edi.

Şuningdek, hukumatning boşqa bir qarori bilan, respublikadagi barça temiryöl stansiyalari nomi davlat tili qoidalariga muvofiqlaştirilişi belgilandi.