Jahon | 16:13 / 03.04.2023
3869
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Ukraina bilan energetik hamkorlikni kengaytirish niyatida

Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabekning fikricha, kelajakda Ukraina energetika sektori qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishi kerak.

Foto: AP

Germaniya vitse-kansleri va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Germaniya-Ukraina energetika hamkorligiga yangi turtki berish niyatida. Bu haqda u 3 aprel, dushanba kuni Ukrainaning eng zich joylashgan hududlaridan birini energiya bilan ta’minlovchi «Ukrenergo» energetika konserni podstansiyasini ko‘zdan kechirgandan so‘ng ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina energetika tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari kengaytirish va markazsizlashtirish bo‘lishi kerak.

Kelajakda, dedi vazir, energiyani «karbonsizlantirish», ya’ni qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak. Shu tariqa, bir vaqtning o‘zida ikkita vazifani hal qilish mumkin - xavfsizlik muammosi, an’anaviy yoqilg‘iga qaramlikdan voz kechish va istiqbolli energiya tizimini yaratish. Ukraina, deydi u, Yevropaga energiya eksport qiluvchi davlatga aylanishi mumkin.

Germaniya va Ukraina 2020 yilda energiya bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi, u energiya ishlab chiqarishning iqlimga mos shakllariga o‘tishni osonlashtirishga qaratilgan. Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga binolar va sanoat obektlarining energiya samaradorligini oshirish, elektr energetika sohasini modernizatsiya qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va SO2 tashlamalarini kamaytirish kiradi.

O‘tgan yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga hujumidan beri asosiy e’tibor Rossiya zarbalari natijasida vayron bo‘lgan elektr tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash uchun shoshilinch yordam ko‘rsatishga qaratildi.

Federal iqtisodiyot vazirligiga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikning bu jihati yanada kuchaytirilishi kerak. Shu bilan birga, gap Ukraina energetika tizimini xavfsizroq va ugleroddan xoli bo‘lish uchun o‘rta va uzoq muddatli tiklash haqida ketyapti.

Mavzuga oid